«Veb dasturlash» to‘garagining ushbu o‘quv dasturi HTML, CSS, JavaScript va PHP dasturlari, freymvork texnologiyasi orqali veb texnologiyalarining asosiy tushunchalarini, server tomonda dasturlash, MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning ko‘nikma va malakasini hosil qilishga yo‘naltirilgan. Shuningdek ushbu dastur Veb dasturlashda foydalaniladigan asosiy va zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanish usullari, xar bir dasturning afzalligi va kamchiligi, fanning rivojlanish tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi bu borada olib boriliyotgan ishlar va olinayotgan natijalar Veb dasturlash sohasida foydalaniladigan dasturlash tillari istiqboliga ta’siri masalasini qamraydi.