Talabalarni matematikaning zaruriy ma'lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish hamda matematika yoʻnalishlarining uzviy  bogʻliqliklarini oʻrganishdan iboratdir. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy fikrlashga, toʻgʻri xulosa chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Talabalarni mantiqiy fikrlashga, nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita tatbiq etishga, toʻgʻri xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga oʻrgatish matematika fanining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.